Qarshida sudya yordamchisi 2500 dollar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
08:49 1549 1 daqiqa
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi 2500 AQSH dollari pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biri bo‘limida joriy yil may oyidan ish boshlagan fuqaroga o‘zining mansabdor tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yganini aytgan. Shuningdek, kelgusida uni o‘zi istagan tumandagi MIB bo‘limiga o‘tkazib berishini va’da qilib, evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sudya yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi