Endi mehnat nizolarini ixtisoslashgan sudyalar ko‘radi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yil 1 avgustdan boshlab mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy sud Rayosati tomonidan qabul qilingan “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish haqida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga muvofiq, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning mavjud shtat birliklari doirasida 2026 yil 1 avgustdan boshlab mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

  • Endilikda Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida – 4 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlarida – 3 nafardan;

Fuqarolik ishlari bo‘yicha:

  • Nukus tumanlararo sudida 2 nafar;
  • Buxoro tumanlararo sudida 2 nafar; 
  • Jizzax tumanlararo sudida 2 nafar;
  • Qarshi tumanlararo sudida 2 nafar;
  • Karmana tumanlararo sudida 2 nafar;
  • Namangan tumanlararo sudida 2 nafar;
  • Samarqand shahar sudida 2 nafar va Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudida 1 nafar;
  • Termiz tumanlararo sudida 2 nafar;
  • Ohangaron tumanlararo sudida 2 nafar, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlararo sudlarida 1 nafardan;
  • Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Uchtepa, Yakkasaroy tumanlararo sudlarida 2 nafardan;
  • Farg‘ona tumanlararo sudida 2 nafar; 
  • Urganch tumanlararo sudida 2 nafar sudya faoliyat yuritadi.

Sudlarga 2026 yil 1 avgustdan keyin kelib tushgan mehnat nizolari bilan bog‘liq arizalar ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi.

2026 yil 31 iyulgacha kelib tushgan, shu jumladan, ish yurituviga qabul qilingan ishlar 2026 yil 1 avgustga qadar amalda bo‘lgan tartibda ko‘rib yakunlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing