JAR stadionida DXX kubogi final o‘yini o‘tkaziladi (video)

Sport

image

Respublika bo‘ylab minglab o‘g‘il qizlarni birlashtirgan, “Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogi musobaqalari hal qiluvchi pallaga keldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘olib bo‘lgan havaskor jamoalar ayni kunlarda poytaxtda jam bo‘liib, g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Bu galgi voqelikning eng muhim yangiligiga e’tibor qarating. Endi DXX kubogi uchun qizlar o‘rtasida ham mini-futbol bellashuvlari o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning Respublika bosqichi o‘yinlari 21-25 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida o‘tkazildi. Ertaga, 26 avgust kuni soat 18:00 da JAR stadionida turnirning hal qiluvchi, final o‘yini bo‘lib o‘tadi. 

Ta’kidlash joiz, bahslarda o‘zini namoyish etgan sara futbolchilar kelgusida O‘zbekistonning professional futbol klublariga jalb qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol JAR DXX kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing