JAR Prezidenti qayta saylandi
Olam
−
15 iyun
3719Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa o‘z lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda mamlakatning hukumat portali xabar berdi.
Unga ko‘ra, Afrika Milliy Kongressidan nomzodi ko‘rsatilgan Ramafosa 283 ta ovoz bilan “Iqtisodiy erkinlik kurashchilari” partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Julius Sello Malema to‘plagan 44 ta ovozni ortda qoldirgan. Bu esa uning qayta saylanishini yaqqol namoyon qilgan.
Keltirilishicha, saylovdan so‘ng jami 339 ta saylov byulletenlari chiqarilgan hamda sanab ko‘rilganda 12 ta byulleten haqiqiy emas deb topilgan.
Prezident saylovi Qishloq xo‘jaligi, yer islohoti va qishloq taraqqiyoti sobiq vaziri Toko Didiza palatadagi ovoz berishdan so‘ng, Milliy Assambleya spikeri etib saylanganidan keyin bo‘lib o‘tdi.
Hukumatning rasmiy sahifasiga ko‘ra, Janubiy Afrikada yaqinda bo‘lib o‘tgan ushbu saylovlar 1994 yilda mamlakatda demokratiya paydo bo‘lganidan beri o‘tkazilgan eng ziddiyatli va eng yaxshi saylovlar bo‘ldi. 1994 yildan keyingi saylov davrida bo‘lgani kabi, Ramafosa kelajakda Milliy birlik hukumatini boshqarishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bu uning Janubiy Afrika hukumati rahbari sifatidagi ikkinchi muddati bo‘ladi. Ramafosaning inauguratsiyasi joriy yilning 19 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ramafosa birinchi marta 2018 yil 15 fevralda va 2019 yil 22 mayda 2019 yilgi saylovlardan keyin Janubiy Afrika Prezidenti sifatida qasamyod qildi. Prezident bo‘lgunga qadar Ramafosa 2012 yildan beri Prezident o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 11 avgust kuni sudga hurmatsizlik qilgani uchun 15 oyga qamalgan Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Jeykob Zuma qamoqxonada joy yo‘qligi sabab ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi