JCHda ishtirok etgan futbolchi o‘z joniga qasd qildi – OAV

Sport

image

Bugun, 11 iyul kuni Janubiy Afrikaning “Mamelodi Sandauns” klubi va milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jeyden Adams 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Soccer Laduma” nashri xabar berdi.

Hozircha futbolchining o‘limi sababi rasman ochiqlanmagan. Biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan.

Adams 2025 yilda “Mamelodi Sandauns” safiga qo‘shilgan edi. U jamoa libosida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol muallifi bo‘lgan. Unga qadar esa besh yil davomida Janubiy Afrikaning “Stellenbosh” klubida to‘p surgan.

Yarim himoyachi 2025-2026 yilgi mavsumda “Mamelodi Sandauns” bilan Afrika Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Jeyden Adams Janubiy Afrika milliy terma jamoasi safida 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.

U 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida jamoasining uchala uchrashuvida ham maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan. Kanada terma jamoasiga qarshi 1/16 final bahsida (0:1) esa ishtirok etmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing