Japarovning Putin bilan qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 fevral 2021 5747 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda TASS diplomatik manbaga asoslanib xabar bergan.
"Prezidentning tashrifi 24-25 fevral kunlari kutilmoqda", deyilgan xabarda.
Bu Japarovning Qirg‘iziston rahbari lavozimiga saylanganidan beri birinchi xorijiy tashrifi bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘sha kundan u rasman Prezident lavozimida ish boshladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28