Japarov jiyanining to‘yini qarorgohda o‘tkazdi

Olam

image

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyanining to‘yi 1-sonli “Ala-Archa” davlat qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sadir Japarovning jiyani va asrab olgan o‘g‘li Danadil Japarovning nikoh to‘yi kichik tadbir sifatida o‘tkazilgan. Marosimda yuqori martabali amaldorlar, jumladan, siyosatchilar, biznes vakillari va kelinning oila a’zolari ishtirok etgan. Mehmonlarga mobil telefonlar va ovoz yozish moslamalaridan foydalanish taqiqlangan. Shuningdek, to‘yga ketgan barcha xarajatlarni davlat rahbarining oilasi qoplagan.

Qayd etilishicha, Danadil Japarov tanlagan qiz Issiq-Ko‘l viloyatining Yetti-O‘g‘uz tumanida joylashgan qishloqlardan birida yashaydi. Kelin oddiy oilada o‘sgan, otasi yo‘q, onasi esa o‘qituvchi.

Shuningdek, Sadir Japarov jiyanining tanlovini shaxsan ma’qullab, qizning kambag‘al oiladan bo‘lgani va kamtarligi bilan ajralib turgani uchun unga qoyil qolganini ta’kidlagan.

Hozircha Prezident ma’muriyati bu borada rasmiy izoh bermagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazzat Nurkojoyevaning unashtiruv marosimida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotidan foydalanilgani uchun uzr so‘ragan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston to'y Sadir Japarov Ala-Archa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing