Japarov jiyanining dabdabali “Marry me” marosimi uchun xalqdan uzr so‘radi (video)
Olam
−
26 iyun
31310Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazzat Nurkojoyevaning unashtiruv marosimida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotidan foydalanilgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda u “Kabar” agentligiga izoh berdi.
Gap shundaki, 24 iyun kuni Qirg‘izistondagi Oruu-Say darasida 23 yoshli Lazzat Nurkojoyevaning “Marry me” marosimi bo‘lib o‘tgan. Marosimdan olingan videoni Nurkojoyevaning o‘zi Instagram'dagi sahifasiga joylashtirgan. Videoda bo‘lajak kelin-kuyov daraga FVVga tegishli bo‘lgan vertolyotda uchib kelgani, u yerda hashamatli qilib bezatilgan platformaga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi, ular Nurkojoyevani oilaviy aloqalaridan foydalanishda aybladi.
Qayd etish joizki, Qirg‘iziston FVV vertolyotlarni rasman ijaraga beradi. Vertolyotning bir soatlik ijara narxi – 185 ming som (2150 dollar atrofida). Prezident Japarov esa o‘z izohida vertolyotlarni ijaraga berishdan keladigan pullar byudjetga tushishini, bu pullar evaziga FVV vertolyot parki yangilanishini urg‘uladi. Shu bilan birga, u o‘z oilasi a’zolari pul sarflashda o‘zini tiyishi lozimligini qayd etib o‘tgan.
“Mamlakat rahbariyatiga yaqinlar boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Men isrofgarchilikka chek qo‘yish lozimligi haqida ko‘p takrorlayman. Hech bo‘lmaganda, bo‘lajak kuyov meni qo‘llab-quvvatlab, qo‘lni bunday so‘rashdan oldin o‘ylashi kerak edi. U tanqidga uchramaslikka, Prezidentni noqulay holatda qoldirmaslikka harakat qilishi kerak edi. O‘ylaymanki, u yoshlik qilgan. Agar u kelib, uning qo‘lini oddiygina so‘raganida ham uni rad qilishmasdi”, degan Japarov.
Shuningdek, Japarov yaqinlariga qattiq talablar qo‘yishi, ularni hamisha o‘tmishdagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka, davlat ishlariga aralashmaslikka chaqirishini ta’kidladi.
“Men boshqalarni tanqid qilardim. Endi bu holat o‘zimga qaytib keldi. Jiyanim uchun xalqdan uzr so‘rayman. U odamlarning fikrini ham tinglaydi. Bu vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga ishonaman. Qolaversa, u o‘zining yangi hayotini boshlab, oila qurmoqchi va kelajakda uning har bir harakati oqilona bo‘lishiga umid qilaman”, deydi Qirg‘iziston Prezidenti.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr