Japarov Jeenbekov va Atamboyevni yarashtirishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Almazbek Atamboyev va Sooronbay Jeenbekov Dubaydagi uchrashuvda bir dasturxon atrofida o‘tirib, bir-birlari bilan qo‘l berib so‘rashishgan. Bu haqda Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozdi. 

Uning ta’kidlashicha, Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti sifatida “xalq birligini mustahkamlash uchun” uchrashuvni tashkil qilgan. 

“Japarov uchrashuvdan ko‘zlangan yagona maqsad mamlakatda totuvlikni mustahkamlash, Qirg‘izistonni kuchli davlat sifatida rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash ekanini ta’kidladi. Davlat rahbari bizni jamiyatda siyosatchilar tarafdorlarining ma’lum bir qismiga bo‘linishidan voz kechishga chaqirdi. Biz, albatta, buni mamnuniyat bilan qabul qildik, barcha ishtirokchilar yig‘ilish oxirigacha to‘liq tarkibda hozir bo‘ldik va har birimiz qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini bildirdik”, deydi Jeenbekov.

U ushbu uchrashuvning oxirigacha barcha ishtirokchilar to‘liq tarkibda, qatordan xato bo‘lmay o‘tirganini aytgani bilan, sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev uchrashuvni boshqalardan erta tark etganini bildirgan. Bunday yo‘l tutishga uni ushbu uchrashuv haqida avvaldan ogohlantirishmagani va sobiq prezident, mamlakatda sirtdan sudlangan Bakiyevni mamlakatga qaytarish masalasi ko‘tarilgani majbur qilgan. 

Jeenbekov esa o‘z so‘zlarida uchrashuvni o‘ta pozitiv baholagan. 

“Qirg‘iziston Respublikasi mustaqillikka erishgan paytdan boshlab davlatimizda yaxshi narsalar bilan bir qatorda yomonliklar ham bo‘ldi, ijobiy va salbiy holatlar ham bo‘ldi. Tariximizda ro‘y bergan fojiali voqealar har bir Qirg‘iziston fuqarosiga qattiq ta’sir qildi. Shu bois bu uchrashuv jamoatchilik tomonidan noaniq qabul qilindi. Ham hissiy, ham huquqiy baho berildi. Bu bizda kuchli fuqarolik jamiyati va xalqning ichki erkinligi borligini yana bir bor isbotlaydi. Mamlakat Prezidenti bu salohiyatni ijodiy yo‘nalishga yo‘naltirishga chaqirdi”, deb yozdi Jeenbekov. 

Sooronbay Jeenbekov ham Almazbek Atamboyev bilan uchrashuvini Sadir Japarov tashkil qilganini tasdiqladi. 

"Ha, men bu ma’lumotni tasdiqlayman: yarashish maqsadida bizni bir dasturxonga qo‘ydi. Har birimiz o‘z fikrimizni bildirdik, uchrashuv yakunida qo‘l berib ko‘rishdik. Har bir inson Xudo oldida javob berishini ikkalamiz ham tushunamiz. Prezident barchani hamjihatlikka chaqirar ekan, o‘z burchini ado etdi. Endi biz har birimiz o‘z fuqarolik burchimizni ado etishimiz kerak. Kuchimiz birlikda! Yurt manfaati hamma narsadan ustundir”, deb so‘zini yakunladi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 fevral kuni BAAda Qirg‘iziston Prezident Sadir Japarov boshchiligida mamlakatning sobiq rahbarlari – Asqar Akayev, Qurmanbek Bakiyev, Roza Otunbayeva, Almazbek Atamboyev va Sooronbay Jeenbekov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan. Ammo kuni kecha qamoqdan chiqqan Atamboyev Bakiyevni ko‘rgach, ushbu uchrashuvni tark etgan. U bu haqda gapirarkan, uni sobiq prezidentlar bilan emas, balki amaldagi davlat rahbari Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev bilan uchrashuvga taklif qilishganini, uchrashuvda Bakiyevni ko‘rgach, uni tark etganini aytgan


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov Almazbek Atamboev Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made