Japarov Putinning tug‘ilgan kunida o‘tkazilayotgan yig‘inga bormaydi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi respublikalari rahbarlarining Sankt-Peterburgdagi norasmiy sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda bugun, 7 oktyabr kuni Prezident matbuot kotibi Erbol Sultonboyev ma’lum qildi. 

“Ish jadvali tufayli Prezident Japarov MDHning Sankt-Peterburgdagi norasmiy sammitida ishtirok etmaydi”, deydi Sultonboyev. 

Unga ko‘ra, Davlat kotibi Suyunbek Kasmambetov Qirg‘izistondan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrigini yetkazish uchun yuborilgan. 

Bugun, 7 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 70 yoshni qarshiladi. Shu bugun Konstantinovskiy saroyida MDH davlatlaridan kelgan hamkasblarini yig‘adi. Yil davomida, qoida tariqasida, MDH Davlat rahbarlari kengashining bitta navbatdagi va bitta norasmiy majlisi o‘tkaziladi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq ta’kidlaganidek, 7 oktyabrdagi muzokaralar kelasi hafta Ostonada o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH sammitiga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘ladi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu sammitda ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing