Japarov “Xitoy-O‘zbekiston-Qirg‘iziston” temiryo‘liga kim qancha pul tikayotganini aytdi
Olam
−
22 iyun
19814“Xitoy-O‘zbekiston-Qirg‘iziston” temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirayotgan mamlakatlar sarmoyasi qanday taqsimlanadi va bu Qirg‘izistonning tashqi qarziga qanday ta’sir qiladi? Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Davlat rahbariga ko‘ra, bu loyiha tashqi qarzga taalluqli emas. Bu tijorat.
“Uch davlat birlashdi va qo‘shma kompaniya tuzdi. Ofis Bishkekda joylashgan. Bosh direktor Qirg‘iziston tomonidan tayinlangan. Xitoy va O‘zbekistondan ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Barcha mablag‘lar Bishkek orqali o‘tadi. Shunday qilib, temir yo‘l qurilishi tugatilgunga qadar barcha xarajatlar biz va ishtirokchi davlatlar nazoratida bo‘ladi. Mablag‘larning 51 foizini Xitoy, 24,5 foizini Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomon investitsiya qiladi. Xalqaro standartlarga ko‘ra, sarmoya qoplangandan so‘ng ikki tomon loyihadan chiqib ketadi va 100 foiz bizda qoladi”, deydi u.
Uning qayd etishicha, Qirg‘izistonga birinchi navbatda bu magistral kerak.
“Biz Markaziy Osiyo orqali Yevropa va boshqa davlatlar, jumladan, Xitoy o‘rtasida tranzit yo‘lagi o‘rnatamiz. Bu iqtisodiy jihatdan foydali va geosiyosiy barqarorlikni ta’minlaydi”, deydi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlament) deputatlari Xitoy Xalq Respublikasi hukumati, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilgan edi.
LiveBarchasi