Japarov G‘azodagi voqealar bo‘yicha Qirg‘iziston pozitsiyasini ochiqladi

Olam

image

Qirg‘iziston Isroil va G‘azo sektorini tinch aholiga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralarini ko‘rishga chaqiradi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bugun, 9  noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining 16-sammitida aytib o‘tdi. 

“Biz Yaqin Sharqdagi vaziyat va G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni yurak og‘rig‘i va chuqur hamdardlik bilan kuzatmoqdamiz. Biz tomonlarni qurbonlar va tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar ko‘rishga, harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va muzokaralar jarayonini boshlashga chaqiramiz”, deydi davlat rahbari. 

Japarov Afg‘oniston mavzusiga to‘xtalar ekan, ushbu mamlakat xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni davom ettirish va Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga xizmat qiladigan mintaqaviy integratsiya iqtisodiy va gumanitar loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tgan IHT sammitida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Isroil-Falastin urushi masalasida so‘z ochib, muammoning yagona yechimi mustaqil Falastin davlatini tuzish ekanini aytdi. Shuningdek, u Afg‘oniston masalasiga ham e’tibor qaratib, liderlarni afg‘on xalqiga ko‘proq gumanitar yordam yuborishga chaqirdi


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov Isroil-Falastin G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing