Japarov 5 milliard dollar qarzni o‘z vaqtida to‘lashga va’da beryapti

Olam

image

2023 yildan 2028 yilgacha Qirg‘iziston har yili kamida 400 million dollar miqdoridagi tashqi qarzini to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu haqda Sadir Japarovning bugun, 27 iyul kuni prezidentligining 500-kunida chop etilgan maqolasida aytiladi.

“Keyingi 10 yil ichida biz oxirgi 30 yil ichida rivojlangan tashqi qarzni to‘liq to‘lashimiz kerak. Agar buni uddalay olmasak, mamlakatda nomaqbul muammolar yuzaga keladi”, deyiladi maqolada. 

Japarov 2020 yilda kun tartibida “Tashqi qarzni qanday to‘laymiz?” degan savol dolzarb bo‘lganini eslatgan. 

“O‘shanda ish haqini oshirish, maktab va yo‘llar qurish, yirik loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish haqida gap bo‘lmadi. Yurt tinchligini, xalqimiz o‘rtasida hamjihatlikni saqlasak, bundan buyon qarzimizni bir kun ham kechiktirmasdan, o‘z vaqtida to‘liq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Buning uchun davlatning kuchi yetarli. Yangi foyda manbalari paydo bo‘ldi”, deyiladi maqolada. 

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati AQSH, Gruziya va Armanistonga qaraganda barqarorroq hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonning joriy yiln may oyi oxiridagi qarzi 5 milliard 115,45 million AQSH dollarini tashkil qildi. U respublikaning tashqi va ichki majburiyatlaridan iborat. Bu nisbat quyidagicha: 82,4% – tashqi, 17,6% – ichki qarz.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

531

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing