Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanish arafasida – NYT

Olam

image

Vashington Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasida yaqin oylarda harbiy harakatlar boshlanadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda AQSH ma’muriyati vakillariga tayangan holda “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Ularning aytishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Seulga nisbatan tobora dushmanona ritorikaga o‘tayotgan bir sharoitda “tez kunlarda Janubiy Koreyaga qarshi harbiy chora ko‘rishi mumkin”. Kim Chen Inning harakatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning bayonotlari “jiddiy qabul qilinishi kerak”. Shu bilan birga, amerikalik ekspertlar “yaqin kelajakda” Koreya yarimorolida katta urush kelib chiqishiga ishonmaydi. Ularning fikricha, Kim Chen In zarbalarni mojaro keng ko‘lamli tus olmasligi uchun, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishi mumkin.

Janubiy koreyalik bir qator tadqiqotchilar qasddan to‘qnashuvlar kelib chiqish xavfi ortib borayotganidan xavotirda.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR Oliy xalq assambleyasining X sessiyasida so‘zga chiqib, mamlakat konstitutsiyasida Janubiy Koreyani “birinchi raqamli dushman” deb belgilashga  va Pxenyandagi ikki davlat birlashishi ramzi bo‘lgan yodgorlikni buzib tashlashga chaqirgandi

Keyinchalik, Pxenyanning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari “Birlashish arkasi” deb nomlanuvchi yodgorlik endi yo‘qligini ko‘rsatdi.  Bundan tashqari, KXDR Sariq dengiz yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta qanotli raketalarini uchirdi va yangi turdagi “Pulxvasal-3-31” qanotli strategik raketasini ilk sinovdan o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kim Chen In Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing