Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilmoqchi

Olam

image

Janubiy Osetiya yaqin kelajakda Rossiyaga qo‘shilish uchun “qonuniy qadamlar” qo‘ymoqchi. Bu haqda kecha, 30 mart kuni tan olinmagan respublika rahbari Anatoliy Bibilov bayonot berdi.

“Bo‘lingan osetin xalqining asosiy tarixiy, strategik maqsadi bir davlat doirasida birlashishdir. Bu davlat Rossiya Federatsiyasi (...) Biz yaqin kelajakda tegishli qonuniy choralarni ko‘ramiz”, deydi u o‘z murojaatida.

Keyinroq Bibilovning matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Janubiy Osetiyaning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum tan olinmagan respublika rahbari saylovidan so‘ng, ya’ni 10 aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan tan olinmagan Abxaziya respublikasi rahbariyati bunday rejalash o‘qligini ma’lum qildi.

“Abxaziyaning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi haqida gap yo‘q. Abxaziya Konstitutsiyasida mamlakatimiz mustaqil davlat ekani aniq e’lon qilingan. Rossiya bizning strategik hamkorimiz, qadrdon va yaqin davlatimiz, ammo bizning Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish niyatimiz yo‘q.”, deya bayonot bergan Abxaziya parlamenti spikeri Valeriy Kvarchiya.

2008 yil 26 avgustda, Gruziyadagi “besh kunlik urush”dan ko‘p o‘tmay, Rossiyaning o‘sha paytdagi Prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi tomonidan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. O‘shandan beri Janubiy Osetiya rahbariyati Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasini bir necha bor e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Osetiya

Baholaganlar

766

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing