Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi missiyasini yakunladi
Jamiyat
−
14 mart
3147Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi-sang o‘zining diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda bugun, 14 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vazir O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Kim Xi-sangga mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirgani uchun minnatdorlik bildirgan. Kelgusi ishlariga omad tilagan.
"Elchi janoblari bilan uchrashdik. Tashqi ishlar vazirligi nomidan janob elchiga mamlakatimizda bo‘lgan davrida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida alohida strategik sheriklikni boyitishga qaratilgan fidokorona xizmati uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Diplomatning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", degan u.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Avstriyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Mattias Radostich bilan ham uchrashgan edi.
LiveBarchasi