Koreyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi
Jamiyat
−
15:20 204 1 daqiqa
Bugun, 14 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi olgan.


Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortgan. Ikki davlat madhiyalari yangragan. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.



Shundan so‘ng davlat rahbari “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirgan.

Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi.
Live
Barchasi