O‘zbekiston – Koreya sherikligini mustahkamlovchi hujjatlar imzolandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Seul shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, to‘plamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma va bitimlar o‘rin olgan.

Bular – transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak, oliy, maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish, arxiv ishi va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi. Keyinroq Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing