Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytgan firibgar jazoga tortildi. Pullar egasiga qaytariladimi?

Jamiyat

image

Ish o‘rni dolzarb masala bo‘lib turgan zamonamizda xorijda ish topib berishini aytib ko‘plab yurtdoshlarimizni firibgarlar chuv tushirmoqda. Yuzlab, minglab vatandoshlarimiz bola-chaqa tashvishida xorijga ketish uchun har narsaga tayyor. 

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanidan bo‘lgan Sh.J. o‘zining jinoiy sherigi bilan jabrlanuvchi B.N.ni Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasini berib chuv tushirgan. Sh.J. firibgarlik yo‘li bilan 21 million so‘mdan ortiq pulni B.N.dan olib o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Sh.J. jabrlanuvchiga pullarning atigi 500 dollarini qaytargan, xolos. Firibgarlik sodir etgan shaxs Sh.J. 2019 yil fevral oyida koreys tilini o‘rgatadigan o‘quv markazi ochgan va 2019 yil may oyida yopgan. 

Mazkur masala yuzasidan 2020 yil 17 yanvar kuni Qo‘mqo‘rg‘on tuman sudida Yashin Niyozovning raisligida sud jarayoni o‘tkazildi. Sudlanuvchi Sh.J. o‘z aybiga to‘liq iqrorligini aytib qilmishidan pushaymon bo‘lgan.  

Sud unga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topib, 1 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan 18.780.300 so‘m depozit hisobraqamda bo‘lganligi bois to‘lig‘icha jabrlanuvchiga qaytarilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sud firibgar qumqo'rg'on

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing