Janubiy Koreyada dahshatli portlash bo‘ldi (video)
Olam
−
08 yanvar
19924Janubiy Koreyada gaz sizib chiqishini tutun deb o‘ylash oqibatida katta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “KBS” teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Koreya politsiyasi yangi yilning ilk kunlarida fojiaga sabab bo‘lgan loqaydlikni tergov qilmoqda. Bu holat Pxyonchxandagi yonilg‘i quyish shoxobchasidan gaz sizib chiqishi sababli yuz bergan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, fojiaga AYOQSH operatorining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan.
Kuchli darajadagi portlash tufayli yaqin atrofdagi ikki kishi jiddiy kuygan, yana uch kishi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Portlash to‘lqini 14 ta bino va bir nechta mashinaga zarar yetkazgan. Hududdan 25 ga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 yanvariga o‘tar kechasi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati O‘ral shahri Sirim Datov ko‘chasida joylashgan kafeda portlash sodir bo‘lgandi.