Qozog‘istonda dahshatli portlash: qurbonlar bor

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati O‘ral shahri Sirim Datov ko‘chasida joylashgan kafeda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 4 yanvariga o‘tar kechasi soat 02:07 da 101 boshqaruv pultiga portlash haqida xabar kelib tushgan. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, gaz-havo aralashmasining portlashi natijasida bino hududi vayron bo‘lgan, 110 kvadrat metr maydon yonib ketgan.

“Yong‘in soat 02:40 da o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirildi. Voqea joyida 13 texnika, 39 nafar shaxsiy tarkib xodimi va 8 nafar qutqaruvchi ish olib bordi. Shuningdek, 2 ta tez tibbiy yordam brigadasidan 18 kishi, 28 nafar ichki ishlar organi xodimi, 7 ta texnika safarbar etilgan”, deyiladi xabarda.

Voqea joyiga G‘arbiy Qozog‘iston viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, politsiya, mahalliy ijroiya organlari va tez tibbiy yordam xizmati safarbar etilgan. Hozirda FVV kuchlari tomonidan vayron qilingan inshootlar ostidan 6 kishi topilib, qutqarilgan. Ulardan 5 nafari tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. 2 kishi voqea joyida vafot etgan. Vayronalar ostida hali ham odamlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyida Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing