Janubiy Koreya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
07 iyun
3360Von Do Yon Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
"Von Do Yon janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldik. Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Janobi Oliylarining mamlakatimizga bo‘lajak tashrifini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Prezidentlar sammitiga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin aloqalarda yangi o‘sish nuqtalarini kashf etish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Janob elchiga O‘zbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozdi Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida.
Ma’lumot uchun, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi hamrohligida 10-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Smita Pant ishonch yorliqlari nusxalarini Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga topshirgan edi.
LiveBarchasi