Janubiy Koreya Prezidentini hibsga olishga ruxsat berildi

Olam

image

Janubiy Koreyaning korrupsiyaga qarshi kurash organi Prezident Yun Sok Yolni fitnaga aloqadorlikda ayblab, hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Prokuratura avvalroq davlat rahbariga ushbu ish bo‘yicha gumondor maqomini bergandi. Janubiy Koreyaning korrupsiyaga qarshi tergov departamenti Yun Sok Yolni fitna surishtiruvi doirasida hibsga olishga ruxsat berdi. 

“Gumonlanuvchining lavozimidan qat’i nazar, qonuniy choralar ko‘rilishi kerak”, deyiladi xabarda.

Qolaversa, milliy politsiya ham Prezidentni o‘tgan haftada mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga urinishini vatanga xiyonatda ayblab, so‘roq qilish imkoniyatini istisno qilmagan.

“Hozirda Yun Sok Yolga chetga chiqishni taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, degan hukumat vakillari.

Eslatib o‘tamiz, 3 dekabr kuni Prezident Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgandi. U bu qarorini Shimoliy Koreya kuchlardan himoyalanish bilan izohlagandi.   Janubiy Koreyaning muxolif "Toburo" demokratik partiyasi mamlakat Prezidenti Yun Sok Yoldan harbiy holat e’lon qilgani uchun iste’foga chiqishni talab qilgandi. Sal o‘tib esa Janubiy Koreya Prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etish qarori uchun xalqdan uzr so‘rab chiqqandi. Shundan so‘ng, 7 dekabr kuni Prezidentga impichment e’lon qilish masalasi mamlakat parlamentida yetarli ovoz yig‘ilmagani bois jarayon bekor qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing