Janubiy Koreya Prezidenti Turkmanistonga keldi

Olam

image

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bugun, 10 iyun kuni davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi. Bu haqda "Turkmaniston: Oltin asr" xabar berdi.

Tashrif munosabati bilan Turkmaniston poytaxti xalqaro aeroportidagi bayroq ustunlariga ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Yun Sok Yolni rasmiy shaxslar kutib oldi.

"O‘rnatilgan ezgu mehmondo‘stlik an’analariga ko‘ra, martabali mehmonga non-tuz, gullar sovg‘a qilindi", deyiladi xabarda.

Prezident Yun Sok Yol aeroportdan Ashxoboddagi “O‘g‘uzkent” mehmonxonasida joylashgan tashrif davomida ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

"Koreya Respublikasi rahbarining ikki kunlik tashrifi doirasida Ashxobod shahrida Turkmaniston-Koreya muzokaralari yuqori darajada bo‘lib o‘tadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Koreya Prezidenti Yun Sok Yol 10-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘lishi xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Turkmaniston Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing