Janubiy Koreya politsiyasi Prezident ustidan tergov olib bormoqda

Olam

image

Janubiy Koreya politsiyasi bir guruh deputatlar isyonkorlikda ayblaganidan so‘ng, mamlakat Prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan mamlakatda harbiy holat joriy etilgani yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda Koreya Respublikasi Milliy tergov agentligi direktori Vu Chjon Su ma’lum qildi.

“Biz tergovni qonun va tartib asosida ehtiyotkorlik bilan olib boramiz”, deydi Vu Chjon Su.

Uning aytishicha, vaziyat “misli ko‘rilmagan” va shuning uchun ish uning bo‘limi qoshidagi xavfsizlik bo‘limiga topshirilgan.

Muxolifat qonunchilari Milliy tergov agentligiga Prezident Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon, harbiy holatni nazorat qilish uchun tayinlangan armiya shtab boshlig‘i Pak An Su, ichki ishlar vaziri Li Sang Min va boshqalarga qarshi fitna uyushtirishda ayblov qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq muxolifat avvalroq impichment jarayonini boshlagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing