Janubiy Koreya Iroqqa vertolyot yetkazib beradi

Olam

image

Janubiy Koreyaning Korea Aerospace Industries (KAI) kompaniyasi Iroqqa KUH-1 Surion vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha 93,7 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniyaga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Janubiy Koreyaning Surion vertolyotlarining birinchi xorijga yetkazilishi bo‘ladi. Shartnoma 2025 yilning mart oyi oxiridan 2029 yilning martigacha amal qilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ayni paytda 200 ga yaqin shunday o‘rta o‘lchamdagi vertolyotlar Janubiy Koreya harbiylarida xizmat qilayotgani, bu yerda Surion ham jangovar vazifalarni, ham yuk tashish uchun ishlatilayotgani ta’kidlangan.

“Yaqinda harbiy holat e’lon qilinishi va Prezidentning impichmenti tufayli siyosiy beqarorlik Koreyaning xorijga qurol eksportiga to‘sqinlik qilishi mumkinligidan xavotirlar bor edi, endi biz Surion vertolyotlarini Iroqqa yetkazib berish bilan bu xavotirlar yo‘qoladi, deb kutmoqdamiz”, degan harbiy vakil.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Janubiy Koreyaning qurol eksporti hajmi rekord darajadagi 17,3 milliard dollarni tashkil etgan. 2023 yilda bitimlar qiymati 14 milliard dollarga baholangan. Janubiy Koreya 2027 yilga kelib dunyodagi to‘rtinchi yirik qurol eksportchisi bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchiligidagi maxsus delegatsiyasi Janubiy Koreya hukumatidan qurol-aslaha sotishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Janubiy Koreya vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing