Janubiy Koreya Iroqqa raketa sotyapti

Olam

image

Janubiy Koreyaning LIG Nex1 kompaniyasi Iroq Mudofaa vazirligi bilan Cheongung II zenit-raketa komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha 2,78 milliard dollarga shartnoma tuzdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi kompaniya hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan bitimning aniq moliyaviy shartlari oshkor etilmagan. Ushbu shartnoma Cheongung II'ning chet elga eksport qilinishi doirasidagi uchinchi namuna bo‘ldi. Ilgari Janubiy Koreya mazkur tizimlarni Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga yetkazib bergan.

Qayd etilishicha, Cheongung II Janubiy Koreyaning bir nechta kompaniyalari tomonidan birgalikda ishlab chiqariladi. LIG Nex1 raketalarni ishlab chiqaradi, Hanwha Systems korporatsiyasi radarlarni tayyorlaydi va Hanwha Aerospace esa uchirish moslamalarini yetkazib beradi. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Janubiy Koreya Cheongung II havo mudofaa tizimining 12 batareyasini BAAga 3,37 milliard dollarga sotgan. 2024 yil fevralida Saudiya Arabistoni esa 3,2 milliard dollarga 10 ta kompleks xarid qilgan.

Eslatib otamiz, avvalroq Janubiy Koreya Polshaga 400 ga yaqin tank va gaubitsa yetkazib berishi xabar qilingan edi. O‘tgan yili Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Markaziy Osiyoda yangi qurol bozorini yaratish maqsadida O‘zbekistonga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Janubiy Koreya Cheongung II

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made