Janubiy Koreya AQSH bilan qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi

Olam

image

Bugun, 21 avgust kuni Koreya Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining harbiy xizmatchilari Ulchi Freedom Shield qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazishni boshladi. Kombinatsiyalangan mashg‘ulotlar 31 avgustga qadar davom etadi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

To‘liq miqyosli urush ssenariysi ishlab chiqilayotgan Ulchi Freedom Shield mashg‘ulotlarida dala va kompyuter simulyatsiyasi asosida qo‘mondonlik-shtab mashqlari hamda fuqaro muhofazasi mashqlarini bajarish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda Ulchi Freedom Shield dasturi doirasida 30 ga yaqin qo‘shma dala o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘tgan yozda bo‘lib o‘tgan shu turdagi qo‘shma mashg‘ulotlarda 13 ta, shu yil bahorda esa 25 ta manyovr bajarilgan.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda BMT qo‘mondonligiga a’zo davlatlar, xususan, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Tailand, Filippin va Fransiya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan o‘tkaziladigan qo‘shma mashg‘ulotlar fonida Shimoliy Koreya tomonidan javob choralari qo‘llanishi mumkinligini ma’lum qilgan. Shunday bo‘lgan taqdirda Janubiy Koreya harbiylari o‘z tayyorgarlik darajasini oshirishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol o‘z maqsadlariga erishish uchun Shimoliy Koreya yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini aytgan edi. 18 avgust kuni Vashington yaqinidagi Kemp Deviddagi qarorgohda bo‘lib o‘tgan AQSH-Yaponiya-Janubiy Koreya sammitida ham Shimoliy Koreyaga qarshi kurash masalasi muhokama qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Janubiy Koreya Shimoliy Koreya Ulchi Freedom Shield

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing