Janubiy Koreya Adliya vaziriga impichment e’lon qilindi
Olam
−
12 dekabr 2024 3220 2 daqiqa
Janubiy Koreya parlamenti Adliya vaziri Pak Son Chje va politsiya bosh komissari Cho Chji Xoga harbiy holat joriy etilgani uchun impichment e’lon qildi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vazirning iste’fosini 295 deputatdan 195 nafari qo‘llab-quvvatlagan, 100 nafari esa qarshi chiqqan. Cho Chji Xoning impichmentini 202 nafar deputat ma’qullagan bo‘lsa, 88 nafari qarshi ovoz bergan va bir deputat betaraf qolgan.
Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi Demokratik partiyaning ta’kidlashicha, Adliya vaziri voqeani rejalashtirishda ishtirok etgani va harbiy holat joriy etilganidan so‘ng asosiy xodimlarni hibsga olishga harakat qilgani uchun javobgardir. Partiya ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya politsiyasi bosh komissari o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan va huquq-tartibot idoralariga Milliy assambleya a’zolarining kirishiga to‘sqinlik qilishni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol 3 dekabr kuni kechqurun harbiy holat e’lon qilgandi. Qaror “Shimoliy Koreya tarafdori davlatga qarshi kuchlarni yo‘q qilish” maqsadida qabul qilingan. Keyinchalik Yun Sok Yol davlatga xiyonat va isyon ishi bo‘yicha tergov jarayonida mamlakatni tark etishi taqiqlangan edi. Shu bilan birga, Janubiy Koreyaning Seul prokuraturasi sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyongni Prezident Yun Sok Yol qisqacha harbiy holat e’lon qilganidan keyin davlatga xiyonat qilganlikda ayblab, tergov davomida hibsga olgandi. Shundan so‘ng, vazir Kim Yon Xyong o‘zi saqlanayotgan tergov izolyatorida joniga qasd qilishga uringan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025