Jang oldi jang. Fyurining otasi Usik jamoasi a’zosiga zarba berdi (video)

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Saudiya Arabistonida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik jamoasi a’zolari bilan mushtlashdi.

Fyuri o‘z jangchisi nomini aytib o‘tirgan Usik jamoasiga baqirib yubordi, so‘ng a’zolardan biriga boshi bilan zarba berdi, shundan so‘ng janjal kelib chiqmasligi uchun tomonlarni ajratishga to‘g‘ri keldi.

Qayd etish joiz, Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasidagi jang 18 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri 35 yoshda. U o‘tgan yili oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida kamerunlik MMA jangchisi Fransis Ngannuni mag‘lub etgandi. Aleksandr Usik esa 37 yoshda. 2023 yilning avgust oyida u britaniyalik Daniyel Dyubuani to‘qqizinchi raundda mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik Jon F'yuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing