Jalolovni “sindirish” oson emas – Jared Anderson

Sport

image

Super og‘ir vazn toifasidagi amerikalik professional bokschi Jared Anderson o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi.

“Bahodir Jalolov ham yaxshi bokschi. Menimcha, uni “sindirish” oson emas, biroq ishonchim komil, agar siz uning oldingi qo‘lini aylanib o‘ta olsangiz, juda sodda jang qilishini guvohi bo‘lasiz”, deydi Anderson.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Jared Anderson profboksda jami 17 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. To‘qnashuvlarning 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Bahodir Jalolov esa profringda 14 marta ringga ko‘tarilib, janglarining barchasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolov QALAMPIR.UZ'ga Usik-Fyuri oqshomida jang qilmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Jared Anderson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made