Jalolovga “sakragan” bokschi Mullajonovga mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Laziz Mullajonov 26 avgust kuni profboksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. Mullajonov qozog‘istonlik Nursulton Omonjolovga qarshi ringga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi.

Jangdan keyin asli qoraqalpog‘istonlik bo‘lgan Omonjolov mag‘lubiyatiga izoh berdi.

“Mag‘lubiyatimning sabablari ko‘p. Asosiy sababi esa men jangga murabbiysiz tayyorlandim”, deydi qozog‘istonlik bokschi.

Ma’lumot uchun, Omonjolov ustidan qozonilgan g‘alaba Mullajonov uchun profboksdagi to‘rtinchisi hisoblanadi. Omonjolov esa profringdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida qozog‘istonlik bokschi Instagram'ida Bahodir Jalolovni belgilab, jangga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Laziz Mullajonov Nursulton Omonjolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing