Jalolovga finalda raqib bo‘lishi kutilgan qozoq bokschisi Olimpiada bilan xayrlashdi

Sport

image

Kecha, 29 iyul kuni Parij Olimpiadasining boks bahslarida eng og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarildi. +92 kg vaznda medallar uchun kurash olib borishi kutilgan qozog‘istonlik Qamshibek Ko‘nkabayev musobaqani erta tark etdi.

Dastlabki jangda Ko‘nkabayev 25 yoshli ispaniyalik Ayyub Gadfa bilan to‘qnash kelib, imkoniyatni boy berdi. Jang hakamlari 3:2 hisobida Gadfaning g‘alabasini qayd etdi.

E’tiborlisi, 32 yoshli Ko‘nkabayev Olimpiada finalida Bahodir Jalolov to‘qnash kelishi kutilayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasining ilk bosqichida norvegiyalik bokschi bilan to‘qnash kelib, g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Olimpiada Qamshibek Ko'nkabaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing