Jalolov jang qiladigan turnirning promo roligi e’lon qilindi (video)

Sport

image

Butunjahon boks uyushmasining (WBC) o‘z rasmiy sahifasida Eng og‘ir vazn toifasida britaniyalik jahon chempioni Tayson Fyuri hamda WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi jangning promo roligi e’lon qilindi.

Rolikda ikki bokschini ham turli xil obrazlarda ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Fyuri va Usik shu yilning 17 fevral kuni to‘qnash keladi. Jang Saudiya Arabistoni poytxati Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. 

Qayd etish joiz, Usik-Fyuri jang qiladigan oqshomda o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga chernogoriyalik Dilan Prashovich raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Aleksandr Usik Tayson Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing