Jalolov va Do‘smatovning harbiy unvonlari muddatidan oldin ko‘tarildi

Sport

image

Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni olgan bokschilar Hasanboy Do‘stmatov va Bahodir Jalolovga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi. 

“Kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li va kapitan Do‘smatov Xasanboy Marufjon o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan oldin berildi”, deyiladi xabarda.

Ularga ushbu unvon Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bokschi Isroil Madrimov mart oyida  Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida rossiyalik charm qo‘lqop ustasi Magomed Qurbonovni texnik nokautga uchratib, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik kamarini qo‘lga kiritib qaytganidan so‘ng, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov unga muddatidan oldin mayor harbiy unvonini topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov harbiy unvon Hasanboy Do'stmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made