Jalolov prof boksda qachon ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi (foto)

Sport

image

Superog‘ir vazn toifasida Osiyo va Jahon chempioni, Tokio Olimpiadasi g‘olibi Bahodir Jalolov professional boksda naqbatdagi jangini o‘tkazadi. 

Surxondaryolik charm qo‘lqop ustasi joriy yilning 11 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ringga ko‘tariladi. Biroq raqib nomi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov joriy yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmadi. 

“U Olimpiada va Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan, bu esa har safar osonlikcha g‘alaba qozonishni anglatmaydi”, deya aytib o‘tgan edi bokschining murabbiyi To‘lqin Qilichev.

Ma’lumot uchun, “Big uzbek” professional boksda 8 marta jang o‘tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Olimpiada Tokio-2020 Prof boks Big uzbek

Baholaganlar

55

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing