Jalolov AQSHdagi boks kechasida g‘alabaga erishdi
Sport
−
27 noyabr 2022
13627Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Bahodir Jalolov profboksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. U AQSHning Kaliforniya shtati mezbonlik qilgan boks kechasida ishtirok etdi.
Bahodir Jalolov mezbon sportchi Kyortis Xarperga qarshi ringga ko‘tarilib, jangning 4-raundida raqibini nokautga uchratdi.
Shunday qilib, Jalolov profboksdagi 12-g‘alabasini qayd etdi. Xarper esa faoliyatidagi 9-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschi Xarpergacha o‘tkazgan 11 ta jangida ham muddatidan avval zafar quchgan.
LiveBarchasi