Jalolov Abu-Dabida navbatdagi jangini o‘tkazdi

Sport

image

Kecha, 11 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida IBA tasnifiga kiruvchi profboks kechasi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, boks kechasi doirasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tarildi.

Tokio Olimpiadasi chempioni Bahrayn vakili Danis Latipovga qarshi jang olib bordi. To‘liq 5 raund davom etgan to‘qnashuv yakunida hakamlar qaroriga muvofiq Bahodir Jalolov g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Jalolov professional boksdagi 13-jangida ham muvaffaqiyatga erishdi.

Ma’lumot uchun, Latipov ustidan qozongan g‘alabasi orqali o‘zbek bokschisi 30 ming AQSH dollari ishlab topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Jalolov

Baholaganlar

1423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing