Jalolov AQSHdagi boks kechasida g‘alabaga erishdi
Sport
−
27 noyabr 2022 15088 1 daqiqa
Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Bahodir Jalolov profboksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. U AQSHning Kaliforniya shtati mezbonlik qilgan boks kechasida ishtirok etdi.
Bahodir Jalolov mezbon sportchi Kyortis Xarperga qarshi ringga ko‘tarilib, jangning 4-raundida raqibini nokautga uchratdi.
Shunday qilib, Jalolov profboksdagi 12-g‘alabasini qayd etdi. Xarper esa faoliyatidagi 9-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschi Xarpergacha o‘tkazgan 11 ta jangida ham muddatidan avval zafar quchgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr