Jalolov Xarperga qarshi jangdan qancha foyda ko‘rdi?

Sport

image

Bugun, 27 noyabr tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov AQSHning Kaliforniya shtatida navbatdagi jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi. Jalolovga mezbon sportchi Kyortis Xarper raqiblik qildi. 

O‘zbek bokschisi raqibini 4-raunddayoq nokautga uchratdi. Boks oqshomi yakunlangach, janglarni tashkil qilgan promouterlik kompaniyasi bokschilarning kafolatlangan gonorarlari miqdorini ma’lum qildi.

E’tiborlisi, Xarperni mag‘lub etgan Jalolov raqibidan kam gonorar, 25 ming dollarga ega bo‘ldi. Xarper esa Jalolov bilan jangdan 30 ming dollar foyda ko‘rdi.

Ma’lumot uchun, Kyortisga qarshi jangda Bahodir Jalolov profboksdagi 12-g‘alabasini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jalolov Xarper

Baholaganlar

4495

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing