Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”ga qaytishi mumkin

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston miliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Toshkentning “Paxtakor” klubi mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Bu haqda “sherlar” klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, erkin agentga aylangan futbolchi Jaloliddin Masharipov sport formasini ushlab turish maqsadida jamoa murabbiyi Maksim Shatskix bilan kelishgan holda umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti. 

Aytish joiz, Masharipov setyabr oyida MTJ bilan FIFA kunlarida qatnashish uchun AQSHga safar qiladi. Bunga qadar esa uning “Paxtakor” jamoasi a’zolari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotgani ko‘pchilikda hujumchi “Paxtakor”ga qaytishi mumkin, degan fikr uyg‘otmoqda. 

Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipovning “Transfermarkt” portalidagi narxi 2 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi o‘zbekistonlik 29 yoshli futbolchi Jaloliddin Masharipov bilan shartnomani bekor qilgan edi. U o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Riyod klubi safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Jaloliddin Masharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing