Rasman: Jaloliddin Masharipov “Al-Nasr”dagi faoliyatini yakunladi
Sport
−
17 avgust 2023
15712O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi o‘zbekistonlik 29 yoshli futbolchi Jaloliddin Masharipov bilan shartnomani bekor qilgan. Masharipov hozirda erkin agent va uning yangi jamoasi nomi tez orada e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Masharipov 2021 yildan buyon “Al-Nasr”da to‘p tepib kelayotgan edi. U o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumda Ar-Riyod klubi tarkibida 16 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Masharipov faoliyatini Turkiyaning “Trabzonspor” klubida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, vingerga Saudiyaning o‘zidan ham takliflar bor.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar