Postekoglu Ronalduning ustoziga aylandi

Sport

image

Avstraliyalik mutaxassis Anjelos Postekoglu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar o‘rtasida ikki mavsumlik shartnoma imzolandi. Postekogluning so‘nggi ish joyi Angliyaning “Nottingem Forest” klubi bo‘lib, u jamoani o‘tgan yilning oktyabr oyida tark etgan edi. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezush Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng “Al-Nasr” bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qilgandi.

60 yoshli Postekoglu murabbiylik faoliyati davomida Avstraliyaning “Saut Melburn”, “Brisben Roar” va “Melburn Viktori”, Yaponiyaning “Yokogama”, Shotlandiyaning “Seltik” klublari hamda Avstraliya milliy terma jamoasini boshqargan.

U “Saut Melburn” va “Brisben Roar” bilan ikki martadan Avstraliya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, “Yokogama” bilan Yaponiya chempionligini, “Seltik” bilan esa ikki marta Shotlandiya chempionligi, Shotlandiya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritgan. Postekoglu 2015 yilda Avstraliya milliy terma jamoasini Osiyo kubogi g‘olibligiga ham olib chiqqan.

Avstraliyalik mutaxassis 2023–2025 yillar oralig‘ida Angliyaning “Tottenxem” klubini boshqardi. Uning rahbarligi ostida londonliklar 2024-2025 yilgi mavsumda UEFA Yevropa ligasida g‘olib chiqib, 2008 yildan buyon ilk rasmiy sovrinini qo‘lga kiritdi. Biroq jamoa Angliya Premer-ligasini 17-o‘rinda yakunladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing