Ronaldu Özbekistonga kelmaydi – OAV
Sport
−
21:21 1639 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumçisi va sardori, portugaliyalik Kriştianu Ronaldu OFK Elit Çempionlar ligasidagi öyin doirasida Özbekistonning “Paxtakor” jamoasiga qarşi keçadigan safar öyini uçun jamoa delegatsiyasi tarkibiga kiritilmadi. Bu haqda “Arriyadiyah” xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, jamoa boş murabbiyi Anje Postekoğlu himoyaçi Mohamed Simakan va vinger Kingsli Komanni ham Özbekistonga yöl oladiganlar röyxatiga kiritmagan.
Turnirning törtinçi tur uçraşuvi joriy yilning 2 noyabr kuni Toşkentda bölib ötadi. Jamoa 31 oktyabr kuni xususiy samolyotda Özbekistonga uçib kelişni rejalaştirmoqda. Öyindan söng delegatsiya Saudiya Arabistoniga qaytib, 6 noyabrga belgilangan “Al-Hazm”ga qarşi uçraşuvga tayyorgarlik köradi.
Saudiya Arabistoni çempionatining sönggi öyinida “An-Nasr” “Al-Holud”ni 5:3 hisobida mağlub etgan edi. Unda Ronaldu het-trik qayd etgan bölsa, yana bittadan golni Anxelo Gabriel va Sadio Mane kiritdi. Uşbu ğalabadan söng jamoa çempionatning 11 ta öyinida 28 oçko töplagan holda ikkinçi örinda bormoqda.
Live
Barchasi