Jair Bolsonaru koronavirusga chalinganini rad qildi
Olam
−
13 mart 2020
3992Avvalroq, Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaruda AQSHga safaridan keyin koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.
OAVda tarqalgan xabarlardan keyin Bolsonaru Twitter`dagi sahifasida tvit qoldirib, koronavirusga chalinganini rad qildi.
“Yolg‘on xabarlarga ishonmang”, degan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya Prezidentining Matbuot kotibida AQSHga rasmiy tashrifdan keyin COVID-19 koronavirusi aniqlandi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli uni epidemiya emas, pandemiya deb e’lon qildi. Bu virus bir emas, bir nechta davlatlarni to‘laqonli qamrab olganda e’lon qilinadigan holat hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Virus bugungacha 127 davlatga kirib bordi.
Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
Ayni vaqtga qadar koronavirus bilan xastalanganlar dunyo miqyosida 138 156 kishini tashkil etmoqda 5 080 kishi virusdan vafot etdi. Shuningdek, 70 716 kishi ushbu xastalikdan forig‘ bo‘ldi.
LiveBarchasi