Braziliyada saylovlar: qamoqdagi sobiq prezidentning o‘g‘li yetakchilik qilmoqda

Olam

−

image

Braziliyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatning amaldagi rahbari Lula da Silva va sobiq davlat yetakchisining o‘g‘li Flaviu Bolsonaru ikkinchi bosqichga o‘tdi. Bu haqda bugun, 5 oktyabr kuni Braziliya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirilgan.

Davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jair Bolsonaruning to‘ng‘ich o‘g‘li poyga favoriti bo‘lib turibdi. Birinchi bosqichda u saylovchilarning 47,03 foiz ovozini to‘plagan. Ammo amaldagi davlat rahbari ham birinchi bosqichda 45,16 foiz ovoz olgan.

Nomzodlarning hech biri 50 foizlik to‘siqni yengib o‘ta olmagani sababli, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. U 25 oktyabrga mo‘ljallangan.

2022 yilda ham saylovning ikkinchi bosqichida Lula da Silva hozirgi raqibi Flaviu Bolsonaruning otasi – Jair Bolsonaru ustidan g‘alaba qozongandi. Mag‘lubiyatga uchragan siyosatchi o‘shanda ovoz berish natijalarini tan olishdan bosh tortgan, uning tarafdorlari esa namoyishga chiqqan edi. Oqibatda Bolsonaru uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. 2026 yilning iyun oyida Braziliya Oliy sudi sobiq prezidentning siyosat bilan shug‘ullangan yana bir o‘g‘li – Eduardu Bolsonaruni to‘rt yilu ikki oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Eduarduga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga uning otasiga chiqarilgan hukm sababli AQSHni Braziliyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishga chaqirgani sabab bo‘lgan. Eduarduning o‘zi AQSHda istiqomat qiladi, unga nisbatan da’vo sirtdan ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash podshohi Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni Marokash Bosh vaziri lavozimiga tayinlagandi. Shu tariqa u mamlakat tarixidagi birinchi ayol Bosh vazirga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing