Jahongir Otajanovning litsenziyasi qaytarib berildi
Madaniyat-san’at
−
16 Oktabr 2019 27378 1 daqiqa
Biroz avval, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Direktor Odiljon Abduqahhorov raisligida o‘tayotgan majlisda xonanda Jahongir Otajonovning joriy yilning 14 oktyabr kuni olib qo‘yilgan litsenziyasi qaytarildi. Bu haqda yig‘ilishda bo‘lib turgan “QALAMPIR.UZ” muxbiri xabar bermoqda.
Joriy yilning 9 oktyabr kuni “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2019 yil 14 sentyabr kuni “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosi muhokamasi davomida studiya monitorida to‘ylardan olingan ayrim lavhalar muhokama qilindi. Bu lavhada xonanda Jahongir Otajonov bilan bog‘liq tasvirlar ham aks etib, ishtirokchilar bunga salbiy munosabatlarini bildirishdi.
Shundan so‘ng, xonanda Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qilib, “Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring, agar shu bilan madaniyatli bo‘lsalaring. Man xursand bo‘laman... xalq madaniyatli bo‘lib ketib qolsa shu bilan...” qabilida turli fikrlar bildirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, “O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonovni litsenziyasidan mahrum etgandi.
Darvoqe, yig‘ilishda xonandaning o‘zi ishtirok etmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025