Jahongir Ortiqxo‘jayev – O‘zbekiston 1 tonna paxtadan ming dollar, AQSH esa 130 gr “ayfon”dan shuncha daromad qilyapti

Jamiyat 7401
image

Avvalroq xabar berganimizdek, bugun, 29 iyun kuni Toshkent shahar hokimiyatida hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev va hokimlik mutasaddilari ishtirokida Matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ushrashuvda jurnalistlardan biri shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan Toshkentning yaqin kelajagini qanday ko‘ra olishi xususida savol berdi.

“Birinchi qilishimiz kerak bo‘lgan ishimiz, shunday tartibga solaylikki, biz qancha ishlashimizdan qat’i nazar kelgan keyingi hokim uni davom ettirib ketsin, ya’ni millatga, xalqqa zarari tegmasin. Avvalgi hokimlar davrida bir hokim ketgach, ikkinchisi kelib ishni yana boshqatdan boshlardi. 

Men uchun eng katta muaamolar, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan soha bu bog‘cha, maktab, universitet. Biz Toshkentni aqlli qilishimiz kerak, mehnat emas, aql sotishimiz kerak. Ya’ni Toshkent aql sotuvchi shaharga aylanishi kerak. Chunki bu poytaxt. Aqlli shahar degani bu hamma joyga kamera o‘rnatish degani emas. 

Masalan 1 tonna paxtani yetishtirish uchun qancha mehnat ketishini bilasiz. Biz 1 tonna paxta yetishtirib ming dollarga sotyapmiz. Yoki bir yarim ming dollarga. Amerika esa 130 grammlik ayfonni ming dollarga sotyapti. Ular aql sotyapti, biz mehnat sotyapmiz. Men Toshkentni aqlli, texnologiya rivojlangan shaharga aylanishini istardim” deb aytib o‘tgan shahar hokimi.

Umar Murod
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 308
Reyting: 2.9
t
×