Jahon Kubogida o‘zbekistonlik qilichboz ilk medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Janubiy Amerikaning g‘arbiy qismida joylashgan Peru davlatidagi kattalar o‘rtasidagi Jahon Kubogida o‘zbekistonlik qilichboz Zaynab Dayibekova ilk medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

U saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan va pley-offda ham ishonchli harakat qilgan. Dayibekova musobaqa davomida Bolgariya, Italiya, Hindiston va Yaponiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratgan.

Yarim finalda esa ikki karra jahon chempioni vengriyalik Shugar Battaiga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunlagan.

“Qayd etish joiz, bu kattalar o‘rtasidagi Jahon Kubogi bahslarida o‘zbekistonlik qilichbozlarning qo‘lga kiritgan ilk medali bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaxsiy reytingda kuchli o‘nlikdan joy olgan o‘zbekistonlik qilichbozlar nomi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

bronza Zaynab Dayibekova qilichboz Jahon Kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing