Zaynab Dayibekova Osiyo o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi–Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi qilichbozlik bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi 12-kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Sablya yo‘nalishida bahslarda ishtirok etgan Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shdi.

Dayibekova final bahsida ikki karra jahon chempioni, mezbon yapon sportchisi Misaki Emuraga mag‘lub bo‘ldi va yakkalik bahslarini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Shu tariqa, Zaynab Dayibekova Ayti–Nagoya Osiyo o‘yinlarining kumush medal sohibasiga aylandi.

E’tiborlisi, Dayibekova musobaqaning chorak final bosqichida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlari chempioni Guliston Perdebayevani mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l olgandi.

Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 24 taga (4 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza) yetdi. Shu tariqa, O‘zbekiston umumjamoa hisobida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing